Pokistonlik yosh sportchilar O‘zbekistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda

Avgust 11, 2026. 15:00 • 2 daq

35
Pokistonlik yosh sportchilar O‘zbekistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda
Pokistonlik yosh sportchilar O‘zbekistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda
Pokistonlik yosh sportchilar O‘zbekistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda
Pokistonlik yosh sportchilar O‘zbekistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda

TOSHKENT, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Aitchison College” yosh sportchilaridan iborat delegatsiya o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etilgan mazkur yig‘in davomida Pokiston vakillari sport mashg‘ulotlarida ishtirok etish bilan bir qatorda, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari, boy sayyohlik va madaniy salohiyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Xususan, mehmonlar Toshkent viloyatining eng so‘lim va betakror go‘shalaridan biri – tog‘ bag‘rida joylashgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i dam olish maskanida bo‘ldi.

Tashrif davomida pokistonlik yoshlar “Amirsoy”ning maftunkor tabiati, musaffo tog‘ havosi va betakror manzaralaridan zavq oldi. Maskanning zamonaviy sport infratuzilmasi ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bunday tashriflar nafaqat pokistonlik yoshlarning O‘zbekiston haqidagi bilimini kengaytirish, balki xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Samimiy muloqot va yorqin taassurotlarga boy ushbu safar O‘zbekiston va Pokiston yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, sport yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi sport diplomatiyasini yangi bosqichga olib chiqishga munosib hissa qo‘shadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish