“The Financial Times”: O‘zbekistonlik yosh grossmeysterlar jahon shaxmat maydonini zabt etmoqda
Dekabr 15, 2025. 12:48 • 2 daq
• 96
LONDON, 15-dekabr. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Financial Times” kundalik gazetasida “London Chess Classic 2025” shaxmat turniriga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda taʼkidlanishicha, Londonda bo‘lib o‘tgan shaxmat turnirida o‘zbekistonlik grossmeysterning g‘alabasini ko‘pchilik tomonidan eʼtirof etilgan. O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovning har bir o‘yini diqqat bilan kuzatilgan, yorqin natijalari uning zamonaviy shaxmat sahnasini tobora zabt etayotgani taʼkidlangan.
“21 yoshli Nodirbek reytingi 2900 dan yuqori bo‘lgan turnirda ustunlik ko‘rsatib, qatorasiga 6 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Avvalroq u jahon chempionligi uchun so‘nggi ikki saralashda g‘alaba qozona olmagandi. Ammo Londonda o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatib, jahon chempionlari Mixail Botvinnik va Anatoliy Karpovning karyerasi boshlanishini eslatuvchi professional yondashuvni namoyish etdi”, – deya yozadi nashr.
Nodirbek Abdusattorovning o‘yinlarida chuqur nazariy tayyorgarlik, vazminlik va strategik aniqlik yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu grossmeysterga aniq va hal qiluvchi qarorlar qabul qilish imkonini berdi.
Turnirdan so‘ng o‘zbekistonlik grossmeyster bu yutuqlar mamlakatda shaxmat sportiga berilayotgan ulkan eʼtibor namunasi ekanini taʼkidladi.
“O‘zbekistonlik yosh grossmeysterlar jahon shaxmat maydonini zabt etmoqda. Londonda bo‘lib o‘tgan turnir Nodirbek Abdusattorovning professional karyerasida muhim bosqich bo‘ldi va uning jahon shaxmat maydonidagi mavqeyini yana-da mustahkamladi. U O‘zbekistonni yana bir bor shaxmat isteʼdodlari maskani sifatida namoyon etdi”, – deya xulosa qilingan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
“Asdaa Oman” gazetasi: O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga oshishi kutilmoqda