Logo

Qirg‘iziston OAV: O‘zbekistonning madaniy yutuqlari va yaxshi qo‘shnichilik siyosati haqida yozmoqda

Dekabr 12, 2025. 12:27 • 54 soniya

476
Qirg‘iziston OAV: O‘zbekistonning madaniy yutuqlari va yaxshi qo‘shnichilik siyosati haqida yozmoqda

O‘Sh, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning nufuzli “O‘sh sadasi” gazetasida O‘zbekistonning madaniy yutuqlari hamda uning yaxshi qo‘shnichilik siyosatiga bag‘ishlangan turkum maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Andijon 2026-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti deb eʼlon qilindi” sarlavhali maqolada ushbu maqomning mintaqa uchun ahamiyati, rejalashtirilgan madaniy tadbirlar va ularning mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni qanday mustahkamlashiga oid maʼlumotlar bayon etilgan.

Materialda taʼkidlanishicha, Andijonda umumiy madaniy merosni ommalashtirishga qaratilgan qator festivallar, konferensiyalar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Shuningdek, “O‘zbek–qirg‘iz do‘stligi va adabiy hamkorlik” nomli maqola o‘quvchilarni ikki mamlakat yozuvchilari va ijodiy uyushmalarining qo‘shma loyihalari, delegatsiyalar almashinuvi hamda adabiyot va sanʼat sohasidagi yangi tashabbuslar haqida xabardor qiladi.

Qayd etilishicha, bunday aloqalar madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga, yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga va umumiy gumanitar qadriyatlarni shakllantirishga hissa qo‘shadi.

 

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish