Logo

“Asdaa Oman” gazetasi: O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga oshishi kutilmoqda

Dekabr 12, 2025. 14:27 • 52 soniya

77
“Asdaa Oman” gazetasi: O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga oshishi kutilmoqda

MASKAT, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘monning nufuzli “Asdaa Oman” gazetasida “O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga oshishi kutilmoqda” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Gazeta O‘zbekiston iqtisodiyot tadqiqotlari va islohotlar markazining yangilangan baholariga ishora qilgan holda, O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5% ga o‘sishi mumkinligini maʼlum qilgan.

“Bu o‘sish ichki talabning kengayishi, eksport va investitsiyalarning oshishi hisobiga yuzaga kelmoqda. 2024-yilning to‘qqiz oyida YAIM 7,6% ga o‘sdi, tashqi savdo, investitsiyalar va xalqaro pul o‘tkazmalari sezilarli darajada oshdi. Oktyabrda biznes faolligi indeksi o‘tgan yilga nisbatan 34,2% ga ko‘tarildi. Markaz modeli 2025-yil uchun YAIMning 7,3–7,7% oralig‘ida o‘sishini prognoz qilmoqda. Iqtisodiy o‘sishga asosan biznes faolligi, uy-joy bozori, sanoat ishlab chiqarishi va bank sektori taʼsir ko‘rsatmoqda”, – deb yozgan muallif.

Maqola xulosasida taʼkidlanishicha, mazkur prognozlar keng axborot bazasi va tezkor prognozlash modellari asosida tayyorlangan. Xalqaro tashkilotlar ham prognozlarini oshirgan: Xalqaro valyuta jamg‘armasi 7,3%, Jahon banki 6,2%, Osiyo taraqqiyot banki 6,6% o‘sishni kutmoqda. Milliy va xalqaro baholar taqqoslanganda markaz prognozlarining asosliligi tasdiqlanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish