"The World News": Toshkent shahridagi 10 ta noyob meʼmoriy inshoot YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

Iyul 28, 2026. 09:30 • 2 daq

53
"The World News": Toshkent shahridagi 10 ta noyob meʼmoriy inshoot YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

ISLOMOBOD, 28-yul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning ommabop "The World News" elektron nashri Toshkentning modernistik arxitekturasiga oid obyektlar rasman YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani haqida yozdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining Janubiy Koreyaning Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan 48-sessiyasida "Toshkent modernizm meʼmorchiligi. Markaziy Osiyoda zamonaviylik va anʼanalar" milliy nominatsiyasi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani taʼkidlgangan.

Shu bilan Toshkentning XX asr ikkinchi yarmiga oid 10 ta noyob meʼmoriy inshooti xalqaro miqyosda eʼtirof etildi.

"Obyektlarning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi nafaqat alohida arxitektura inshootlarining, balki Toshkent taraqqiyotining butun bir davrining ahamiyatini eʼtirof etadi. Gap 1966 yilgi zilziladan keyin shakllangan, zamonaviy arxitektura yechimlarini Markaziy Osiyo anʼanalari va mahalliy iqlim xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirgan meʼmorchilik haqida bormoqda", –deyilgan maqolada.

Pokiston OAVning yozishicha, bu qaror O‘zbekiston uchun katta yutuq va Toshkentning arxitektura merosini kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash yo‘lidagi muhim qadamdir.

«Ushbu meʼmoriy yodgorliklar modernizm g‘oyalari hamda Markaziy Osiyo milliy meʼmorchilik anʼanalarining uyg‘unligini o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir. Ularning YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishi O‘zbekiston meʼmoriy merosining xalqaro darajadagi nufuzini yanada oshirib, uni muhofaza qilish va kelajak avlodlarga yetkazish borasida yangi masʼuliyat yuklaydi", – deya urg‘ulangan maqolada.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish