Toshkent viloyatidagi uchta texnikum zamonaviy o‘quv jihozlari bilan taʼminlandi
Sentabr 08, 2026. 19:35 • 57 soniya
• 57
OLMAOTA, 8-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Toshkent viloyatidagi uchta texnikumga insonparvarlik yordami doirasida zamonaviy o‘quv uskunalari topshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu ezgu tashabbus Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan tadbirkor vatandoshlarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, Toshkent va Bo‘ka tumanlaridagi professional taʼlim muassasalariga diagonali 65 dyuymli interaktiv ekranlar, zamonaviy kompyuter jamlanmalari hamda rangli printerlar topshirildi.
Bosh konsulxona vakillarining taʼkidlashicha, o‘quv muassasalarining ehtiyojlari ularning rahbarlari bilan muntazam muloqot va hamkorlik jarayonida aniqlangan.
Yil boshidan buyon diplomatik vakolatxonaga biriktirilgan barcha yettita texnikumga shu kabi amaliy yordam ko‘rsatildi. Taqdim etilgan zamon talablariga mos jihozlar taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va mashg‘ulotlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi