O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi Qashqadaryodagi texnikumga noutbuk va planshetlar topshirdi
Sentabr 03, 2026. 16:30 • 2 daq
• 117
ISLOMOBOD, 3-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi 1-sonli texnikumga beg‘araz yordam sifatida yettita planshet va uchta noutbuk taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu uskunalar texnikumning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kompyuter grafikasi, axborot texnologiyalari, dizayn va elektromontaj kabi mutaxassisliklar bo‘yicha amaliy taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.
Texnika vositalarining topshirilishi O‘zbekiston Prezidenti raisligida Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasidagi ishlarning bir qismi bo‘ldi.
Texnikum direktori Vohidjon Nurberdiyev bilan uchrashuv chog‘ida tomonlar olingan uskunalardan samarali foydalanish hamda taʼlim muassasasi negizida IT sohasiga ixtisoslashgan innovatsion o‘quv markazini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldi.
“Bu tashabbus o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, taʼlim jarayoni samaradorligini oshirish hamda zamonaviy bilim va malakalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shadi”, – deya taʼkidladi texnikum direktori.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi