Novosibirskda hamyurtlar bilan mehnat sharoitlari va huquqlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Sentabr 08, 2026. 20:02 • 1 daq

14

NOVOSIBIRSK, 8-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi vakolatxonasi vakillari ushbu hududda mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Chiqindilarni qayta ishlash, ko‘katlarni qadoqlash va sotish, issiqxona xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda tashkil etilgan uchrashuvlarda 130 nafardan ziyod hamyurtlar qatnashdi.

Muloqot davomida mehnat sharoitlari, xodimlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Yurtdoshlarga Rossiya qonunchiligi, xususan, migratsiya talablariga qatʼiy amal qilish zarurligi tushuntirildi.

Ish beruvchilarga mehnat haqini o‘z vaqtida to‘lash, ularning aybi bilan yuzaga kelgan ishlab chiqarish jarohatlari holatida qonunchilikda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati eslatildi.

Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish, xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash hamda ularga konsullik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish