Logo

O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga tayyorlanmoqda

Mart 08, 2026. 12:29 • 2 daq

11
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga tayyorlanmoqda

OSTONA, 8-mart. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning “Ulys Media” axborot nashrida O‘zbekistonning xorijiy uran konlarini puxta o‘rganish bo‘yicha olib borayotgan ishlar xususida maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarini geologik o‘rganishi qayd etilgan.

Bu borada shu yil aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan hukumatlararo yig‘ilish doirasida ikki mamlakat tog‘-kon sanoati va geologiya vazirliklari hamda tashkilotlari o‘rtasida strategik bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Tomonlar istiqbolli uran konlari bo‘yicha geologik va ekologik loyiha hujjatlarini ishlab chiqib, litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni Mo‘g‘uliston vakolatli organiga taqdim etadi. Birinchi bosqichda zaxiralarni baholash va keyingi ishlarni aniqlashtirish uchun 60 ming pogon metrga yaqin maydonni burg‘ilash rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning o‘zida shu yilning o‘zidayoq to‘rtta uran konini o‘zlashtirish boshlanadi. Gap “Arnasoy” (Jizzax viloyati), “G‘arbiy Qizilko‘k”, “Janubiy Jongeldi” (Navoiy viloyati) va “Sharqiy Agron” (Samarqand viloyati) haqida bormoqda. O‘tgan yili O‘zbekistonda 139 ming tonna aniqlangan zaxiralar bilan 7 ming tonna uran qazib olingan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish