Hatayda yangi “Buxoro” masjidi ochildi
Aprel 13, 2026. 08:10 • 55 soniya
• 457ARSUZ, 13 aprel. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning Xatay viloyatida O‘zbekiston tomoni ishtirokida qurilgan yangi masjid foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Masjidga Turkiyaning murakkab davrlardan birida o‘zbek xalqi ko‘rsatgan beg‘araz yordami va birdamligi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida “Buxoro” nomi berildi.
Yangi ibodat maskani 3200ga yaqin xonadonni o‘z ichiga olgan yirik turar-joy massivining markazida joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi. Bino zamonaviy arxitektura, qulay sharoitlar va estetik dizayni bilan ajralib turadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va gumanitar hamkorlikning yana-da mustahkamlanishiga xizmat qilishini taʼkidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

