Logo

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Aprel 16, 2026. 10:55 • 49 soniya

113
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 16-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosini muhokama qildik, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar eʼtibor markazida bo‘ldi. Prezidentlar Administratsiyalari o‘rtasida taʼlim, bandlik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish