O‘zbekiston va Misr o‘zbekistonlik fermerlar tashrifi doirasida yangi qishloq xo‘jaligi loyihalarini tayyorlaydi
Sentabr 08, 2026. 10:30 • 2 daq
• 49
QOHIRA, 8-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari ushbu davlat qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vaziri Alaa Faruq hamda uning o‘rinbosari Saad Musa bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqotda joriy yil sentyabr oyining ikkinchi yarmida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalari vakillaridan iborat ishchi guruhning Misrga amaliy tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Misr tomoni O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish, cho‘l yerlarni o‘zlashtirish va zamonaviy sug‘orish tizimlarini joriy etishda Misr tajribasidan foydalanilayotganini qayd etdi hamda tashrifni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Tashrif doirasida chorvachilik, yem-xashak yetishtirish, cho‘l yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajriba bilan tanishish, ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida davra suhbati va B2B uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va yangi nav hamda ozuqa ekinlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Shuningdek, Misrning Afrika bozorlariga chiqish imkoniyatlaridan foydalangan holda qitʼada O‘zbekiston ishtirokida chorvachilik loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi