O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi akademik hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Iyun 20, 2026. 17:25 • 2 daq
• 43
PARIJ, 20-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev va Fransiyaning Grenobl Alp universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Karolin Bertonesh o‘trasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, talabalar va tadqiqotchilar almashinuvini rivojlantirish hamda Yevropa Ittifoqining “Horizon Europe” va “Erasmus+” dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik talabalarning Grenobl Alp universitetida ta’lim olishi va ilmiy tadqiqotlar olib borishi, shuningdek, ularning turli stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, akademik mobillikni rivojlantirish va talabalar almashinuvini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Muloqot yakunidaO‘zbekistonning manfaatdor oliy ta’lim muassasalari va Grenobl Alp universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi