Toshkentda O‘zbekiston–Hindiston strategik sherikligiga yangi sur’at bag‘ishlagan qo‘shma biznes-forum va ixtisoslashtirilgan sho‘’ba sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Iyun 20, 2026. 15:25 • 2 daq
• 90DEHLI, 20-iyun. /“Dunyo” AA/. V Toshkent xalqaro investitsiya forumining keng ko‘lamli dasturi doirasida O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi hamda “O‘zbekiston - Hindiston: Ikki xalq, yagona maqsad - umumiy farovonlik” deb nomlangan ixtisoslashtirilgan sho‘’ba sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydonga aylandi.
Ikki mamlakat biznes tuzilmalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalarini muhokama qilish hamda savdo-iqtisodiy va texnologik sheriklikni rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlash forumning bosh vazifasi bo‘ldi. Tadbirda Hindistondan 100 dan ortiq investor va o‘zbekistonlik 50 dan ziyod tadbirkor ishtirok etdi.
Ikki davlat elchilari, shuningdek, davlat tuzilmalari va yirik kompaniyalarning top-menejerlari sessiya ma’ruzachilari sifatida so‘zga chiqdi. Ular O‘zbekiston investitsiya muhitidagi ulkan o‘zgarishlar, izchil iqtisodiy islohotlar va xorijiy hamkorlar uchun yaratilgan misli ko‘rilmagan imtiyozlarga alohida e’tibor qaratdi.
Muhokamalar markazida kelajak kun tartibini belgilab beruvchi tarmoqlar, jumladan, farmatsevtika, sanoat, ilg‘or axborot texnologiyalari, ta’lim, “yashil” energetika, turizm, agrosanoat majmuasi va boshqa sohalar bo‘ldi.
Tadbir ishtirokchilari Hindiston texnologiyalari va O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyatini birlashtirishdan yuqori sinergetik samaradorlikni qayd etgan holda, biznes manfaatlarining tutashuv nuqtalarini atroflicha o‘rganib chiqdi.
“B2B” shaklidagi muzokaralar biznes-forum samaradorligi oshishiga xizmat qildi. Biznes vakillari qator uchrashuvlar o‘tkazib, mevalarni qayta ishlash, IT-ishlanmalar, ta’lim almashinuvlari va energetika loyihalaridagi kooperatsiyaning amaliy jihatlariga e’tibor qaratdi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashdi, texnologiyalar transferi mexanizmlarini ko‘rib chiqdi va qo‘shma korxonalarning istiqbollarini belgilab oldi.
Muzokaralar yakunida amaliy loyihalar bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Tadbirlar yangi investitsiya loyihalari uchun mustahkam poydevor yaratdi va strategik sheriklikni chuqurlashtirishga bo‘lgan o‘zaro intilishni tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


