O‘zbekiston–Polsha: yengil sanoat sohasida strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Iyun 13, 2026. 10:00 • 3 daq

88
O‘zbekiston–Polsha: yengil sanoat sohasida strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekiston–Polsha: yengil sanoat sohasida strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekiston–Polsha: yengil sanoat sohasida strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekiston–Polsha: yengil sanoat sohasida strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekiston–Polsha: yengil sanoat sohasida strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekiston–Polsha: yengil sanoat sohasida strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

VARSHAVA, 13-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov boshchiligida mahalliy tadbirkorlardan iborat delegatsiyaning Polshaga amaliy tashrifi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xizmat safari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tashrif doirasida Polsha Iqtisodiy taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi Davlat kotibi hamda O‘zbekiston–Polsha hukumatlararo komissiyasi hamraisi Mixal Yaros, Polsha Investitsiyalar va savdo agentligi prezidenti Artur Osuxovskiy, Polsha–Osiyo savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski, “Lewiatan” moda sanoati uyushmasi rahbariyati, “LPP S.A.” kompaniyasi va boshqa qator yirik tashkilotlar va biznes vakillari bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida tomonlar O‘zbekistonni Polshaning Markaziy Osiyodagi eng muhim va istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida e’tirof etdi. Xususan, Polshaga eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibida o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining ulushi qariyb 30 foizni tashkil etayotgani yuqori baholandi. Lodz shahrida O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasi va to‘qimachilik xabining tashkil etilishi mazkur ko‘rsatkichni yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Varshava shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Polsha yengil sanoat biznes-forumida 80 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi. Forumda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhitini yaxshilash, sanoatni modernizatsiya qilish va eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasida yaratilgan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari hamda Yevropa standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari taqdim etildi.

Forum jarayonida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Polshaning “Lewiatan” moda sanoati uyushmasi va Polsha–Osiyo savdo palatasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Shuningdek, G2B va B2B formatlarida muzokaralar o‘tkazilib, qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, 2026-yilda Polsha Investitsiyalar va savdo agentligining Toshkentdagi vakolatxonasini ochish, Polsha biznes-missiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Polsha Milliy iqtisodiyot bankining moliyaviy instrumentlaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birga, o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Polsha bozorida va “Amazon”, “SHEIN”, “Allegro” kabi elektron tijorat platformalari orqali sotish hajmini oshirish, ikki mamlakat kompaniyalarining xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalardagi ishtirokini kengaytirish hamda “Termiz xalqaro savdo markazi” EIZ imkoniyatlarini polyak investorlariga keng targ‘ib qilish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Polshaning yirik riteylerlaridan biri bo‘lgan “LPP S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlik natijasida uning “Reserved” va “Mohito” brendlari uchun O‘zbekistonda 1 million dona mahsulot buyurtmalarini shakllantirish, mahalliy korxonalar mutaxassislarining salohiyatini oshirish maqsadida kompaniyaning tajribali ekspertlarini jalb etishga kelishib olindi.

Tashrif yakunida O‘zbekiston va Polsha yengil sanoat sohasida raqobatchi emas, balki bir-birini to‘ldiruvchi strategik sherik ekani qayd etildi. Varshava O‘zbekiston uchun Yevropa bozoriga chiqishda muhim darvoza vazifasini bajarsa, O‘zbekiston Polsha uchun Markaziy Osiyo va Osiyo mintaqasiga kirishda ishonchli iqtisodiy xab sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish