O‘zbekiston va Rossiyaning Primorsk o‘lkasi o‘rtasida madaniy aloqalar kengaytiriladi
Sentabr 23, 2026. 15:30 • 50 soniya
• 102
VLADIVOSTOK, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bosh konsuli Xajiakbar Vaxabov Primorsk o‘lkasi hukumati raisi o‘rinbosari, madaniyat va arxiv ishi vaziri Yelena Bronnikova bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat chog‘ida madaniy aloqalarni rivojlantirish va qo‘shma loyihalar doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Primorsk o‘lkasida o‘tkaziladigan xalqaro tanlov va tadbirlarda O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash, madaniyat kunlarini tashkil etish, teatr jamoalarining gastrollarini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yelena Bronnikova ikki davlat rahbarlarining o‘zaro do‘stona munosabatlari va mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni e’tirof etgan holda, hududlar o‘rtasida madaniy aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi