Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston DFC bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor

Sentabr 23, 2026. 16:00 • 49 soniya

41
Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston DFC bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor

TOSHKЕNT, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Nyu-Yorkda tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida – Muloqot davomida transport va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilishi boshlangan yirik qo‘shma loyihalarni muhokama qildik.

O‘zbekiston DFS bilan hamkorlikni bundan keyin ham kengaytirib borishga tayyor”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish