O‘zbekiston va Shvetsiya ekstremizmning oldini olish bo‘yicha tajriba almashdi

Sentabr 16, 2026. 14:30 • 2 daq

44
O‘zbekiston va Shvetsiya ekstremizmning oldini olish bo‘yicha tajriba almashdi
O‘zbekiston va Shvetsiya ekstremizmning oldini olish bo‘yicha tajriba almashdi

STOKGOLM, 16 sentabr. /“Dunyo” AA/. Prezidentning diniy-maʼrifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, Xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Shvetsiyada Zo‘ravon ekstremizmning oldini olish markazi (CVE) vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni mamlakatda zo‘ravon ekstremizm va radikallashuvning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Ishtirokchilar profilaktik yondashuvlar, diniy savodxonlik darajasini oshirish, taʼlim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, jamiyatning turli institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ahamiyati yuzasidan fikr almashdi.

Ekstremizmning oldini olish sohasidagi xalqaro tajriba va ilmiy yondashuvlarga alohida eʼtibor qaratildi. Ishtirokchilar dalillarga asoslangan tadqiqotlar, ilmiy va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.

Muzokaralar chog‘ida radikallashuvning oldini olishda taʼlim va diniy maʼrifatning o‘rni, turli ijtimoiy institutlar o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik zarurligi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni izchil davom ettirish va ekstremizmning oldini olish yo‘nalishida tajriba almashishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish