Xitoyning Guanchjou shahrida vatandoshlar ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Sentabr 16, 2026. 15:00 • 2 daq

40
Xitoyning Guanchjou shahrida vatandoshlar ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi
Xitoyning Guanchjou shahrida vatandoshlar ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi

GUANCHJOU, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Guanchjou shahrida futbol musobaqasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Musobaqada Guandun provinsiyasida tahsil olayotgan va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlardan iborat 5 ta jamoa qatnashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar yuqori darajadagi hamjihatlik va do‘stona ruhni namoyon etdilar.

Xitoy va Ozarbayjon fuqarolarining futbol o‘yinlarida mehmon sifatida ishtirok etgani musobaqaning yanada qiziqarli va do‘stona muhitda o‘tishini taʼminladi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘olib chiqqan “Foshan Mix” jamoasiga Bosh konsulxonaning maxsus kubogi tantanali ravishda topshirildi. Tadbir yakunida milliy taomlar yozilgan dasturxon tashkil etilib, vatandoshlar o‘rtasida samimiy va do‘stona muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yurtdoshlarimiz bu kabi sport tadbirlarini muntazam tashkil etish o‘zaro birdamlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlarda vatanga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish