O‘zbekiston va Singapur mutaxassislari ekstremizmga qarshi ilmiy yondashuvlarni muhokama qildi

Iyun 29, 2026. 20:00 • 2 daq

109

SINGAPUR, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi vakillarining Singapurga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida ushbu mamlakatning Diniy reabilitatsiya guruhi (“Religious Rehabilitation Group”) hamda Nanyang texnologik universiteti huzuridagi S.Rajaratnam nomidagi xalqaro tadqiqotlar maktabida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida radikallashuv va ekstremizmning oldini olish, deradikalizatsiya, mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, strategik kommunikatsiyalarni rivojlantirish hamda axborot makonida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ilmiy asoslangan raddiyalar ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston va Singapur tajribasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Singapur tomoni “RRG” va “RSIS” markazlari faoliyati misolida radikallashuvga qarshi tizimli profilaktika, buzg‘unchi g‘oyalar taʼsiriga tushgan shaxslar bilan individual reabilitatsiya ishlarini olib borish, ularning oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ilmiy-tahliliy tadqiqotlar olib borish va jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish amaliyoti haqida batafsil maʼlumot berdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jamiyatda bag‘rikenglik va maʼrifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, yoshlarni radikal oqimlar taʼsiridan himoya qilishda ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish borasidagi izchil chora-tadbirlar bilan singapurlik sheriklarni tanishtirdi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar ekstremizmga qarshi kurashish, xavfsizlikni taʼminlashda strategik kommunikatsiyalarni kuchaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ikki davlat sohaviy mutaxassislari o‘rtasida akademik almashinuvlar va hamkorlikdagi anjumanlarni tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish