O‘zbekiston sug‘urta kompaniyasi xodimlari Chexiyada malaka oshirdi

Iyun 26, 2026. 15:30 • 2 daq

106
O‘zbekiston sug‘urta kompaniyasi xodimlari Chexiyada malaka oshirdi
O‘zbekiston sug‘urta kompaniyasi xodimlari Chexiyada malaka oshirdi
O‘zbekiston sug‘urta kompaniyasi xodimlari Chexiyada malaka oshirdi

PRAGA, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi raisi Shuhrat Rasulov boshchiligidagi delegatsiya 18–23-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Chexiyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida tashkilot vakillari Pragadagi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida (EIASM) malaka oshirish dasturida ishtirok etdilar.

Safarning asosiy natijalaridan biri “O‘zagrosug‘urta” AJ va EIASM o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash bo‘ldi.

Mazkur hujjat sug‘urta, sunʼiy intellekt, taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohalarida uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, u O‘zbekiston, Chexiya va boshqa Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Tomonlar sug‘urta bozorida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, sunʼiy intellekt texnologiyalari va raqamli yechimlarni joriy etish, mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, amaliyot va akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish hamda xalqaro forumlar, seminarlar va boshqa kasbiy tadbirlarni o‘tkazish niyatidalar.

Memorandumning imzolanishi O‘zbekiston sug‘urta tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish va sohaning kadrlar salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘quv dasturi yakunida EIASM kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan “O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlariga tegishli sertifikatlar topshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish