O‘zbekiston va Turkmaniston universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Noyabr 01, 2026. 14:30 • 2 daq
• 95
ASHXOBOD, 1-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Alimov Turkmaniston Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti rektori Maral Kuliyeva bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv chog‘ida o‘zbek-turkman munosabatlari va strategik sheriklik izchil rivojlanib borayotganini qayd etdidi, shuningdek, akademik, ilmiy va ta’lim sohasidagi aloqalarni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Rektor oliygoh faoliyati haqida so‘zlab berib, u yerda ta’lim to‘liq ingliz tilida olib borilishini ta’kidladi. Universitet tuzilmasida ijtimoiy va gumanitar fanlar, xalqaro huquq va munosabatlar, iqtisodiyot va menejment, shuningdek, axborot texnologiyalari fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Mazkur oliy ta’lim muassasasi AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Finlyandiya va boshqa davlatlarning yetakchi ta’lim dargohlari bilan hamkorlik qiladi.
Maral Kuliyeva O‘zbekiston universitetlari bilan hamkorlikni yana-da kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 2023–2026-yillarda mazkur oliygoh tomonidan tashkil etilgan xalqaro olimpiadalarda 450 nafar o‘zbekistonlik talaba va o‘qituvchi ishtirok etgan.
O‘zbekiston vakillari matematika fani bo‘yicha 260 ta medalni qo‘lga kiritgan, shuningdek, falsafa va jahon iqtisodiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha 170 ta sovrinli o‘rinni egallagan.
Uchrashuv yakunida turkman tomoni O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan institusional hamkorlikni, jumladan, memorandumlar va ikki tomonlama bitimlar imzolash orqali mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi