O‘zbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi

Noyabr 01, 2026. 15:00 • 2 daq

• 11
O‘zbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi

TOKIO, 1-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha ijrochi direktori Fusato Tanaka bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni, ularni bajarishning dolzarb masalalari va hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston va JICA o‘rtasidagi amaliy sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan yangi taklif va tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish loyihasiga yaponiyalik hamkorlarni jalb etish, o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yaponiya bozoriga yetkazib berishni ta’minlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish taklif qilindi. Shuningdek, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashib, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va yangi tashabbuslarni ilgari surish muhimligini ta’kidladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish