O‘zbekiston va Turkmaniston xalqaro yuk tashishni soddalashtirish hamda davlatlararo chegara o‘tkazish punktlari faoliyatini takomillashtirish masalalarini muhokama qilmoqda
Noyabr 18, 2026. 18:30 • 2 daq
• 161
TOSHKЕNT, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bugun Turkmaniston elchisi Shadurdi Meredov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish, xalqaro yuk tashishni yengillashtirish va davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari faoliyatini takomillashtirish muhokama qilindi.
Xususan, Toshkent–Ashxobod–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda 2004-yildagi hukumatlararo bitimda ko‘zda tutilgan chegaraoldi hududlari aholisining uch sutkagacha vizasiz harakatlanishini qayta tiklash masalalari ko‘rib chiqildi.
Konsullik sohasida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vakolatli idoralar o‘rtasida axborot almashinuvini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar tegishli idoralar bilan birgalikda muhokama etilgan masalalarni atroflicha ishlab chiqish va amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi