Ammon shahrida Iordaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sentabr 05, 2026. 14:30 • 56 soniya

42
Ammon shahrida Iordaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

AMMON, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Ar-Riyozdagi elchixonasi diplomatlari ushbu davlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan davra suhbati tashkil qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv doirasida senator Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub, mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va jamiyatning maʼnaviy yangilanishiga bag‘ishlangan “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Talabalarga konsullik-huquqiy masalalar yuzasidan maʼlumot berildi va vaqtinchalik konsullik ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etildi.

Tadbir so‘nggida savol-javoblar o‘tkazilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga elchixona vakillari batafsil javob berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish