BMT xalqaro yarmarkasida O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etildi

Iyun 04, 2026. 18:25 • 2 daq

18

NYU-YORK, 4-iyun. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan xalqaro yarmarkada O‘zbekistonning madaniy merosi namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

BMT huzuridagi diplomatik missiyalar rahbarlari turmush o‘rtoqlari guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbir o‘nlab mamlakat vakillarini bir joyga jamladi. Tadbir milliy an’analar, san’at va gastronomiya namoyishi, madaniy almashinuv hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirish uchun o‘ziga xos maydon vazifasini bajardi.

O‘zbekiston stendi tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ko‘plab ishtirokchilarni o‘ziga jalb qildi. Mehmonlar e’tiboriga O‘zbekistonning ko‘p asrlik madaniy merosini aks ettiruvchi xalq ustalarining mahsulotlari, amaliy san’at namunalari, an’anaviy kashtachilik va kulolchilik buyumlari taqdim etildi.

O‘zining xilma-xilligi va mehmondo‘stlik an’analari bilan tanilgan o‘zbek milliy taomlari ishtirokchilar e’tiborini tortdi.

Avstraliya, Zambiya va Chexiyaning BMTdagi diplomatik missiyalari rahbarlarining turmush o‘rtoqlari O‘zbekistonning tadbirdagi ishtirokiga yuksak baho berib, mamlakatning madaniy merosi boyligi, hunarmandlarning mahorati va taqdim etilgan ekspozitsiyaning yuqori darajasini e’tirof etdi.

Ta’kidlanishicha, BMT xalqaro yarmarkasida yig‘ilgan barcha mablag‘lar dunyo bo‘ylab muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash va gumanitar loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish