O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda

Noyabr 06, 2026. 08:10 • 2 daq

• 171
O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda

VENA, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi doirasida Vena shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ochiq tarkibdagi ekspertlar guruhining 15-yig‘ilishi va Aktivlarni qaytarish bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhining 20-sessiyasida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh prokuraturaning Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i Rustam Giyasov boshchilik qilmoqda.

Majlislarda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, jinoiy yo‘l bilan orttirilgan aktivlarni aniqlash, xatlash, musodara qilish va qaytarish masalalari muhokama qilinmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi vakillari Latviya, Belgiya, Niderlandiya va boshqa davlatlar delegatsiyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Muzokaralarda jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish va noqonuniy orttirilgan aktivlarni qaytarish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish