O‘zbekiston va Vengriya parlamentlararo aloqalarini mustahkamlamoqda
Noyabr 06, 2026. 09:25 • 59 soniya
• 145
BUDAPESHT, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Milliy majlisi raisi o‘rinbosari Aniko Nad Xallerne bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston-Vengriya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilib, parlamentlararo aloqalarni yana-da mustahkamlash va ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, madaniy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Hududlararo muloqotni faollashtirish hamda O‘zbekiston va Vengriya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Vengriya tomoni O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda parlamentlararo muloqotni mustahkamlashga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi konstruktiv muloqotni qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni izchil rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi