Logo

“Dunyo” axborot agentligi mahalliy jurnalistlar oʻrtasida “Eng yaxshi maqola” tanlovini eʼlon qiladi

Mart 18, 2026. 17:44 • 2 daq

25
“Dunyo” axborot agentligi mahalliy jurnalistlar oʻrtasida “Eng yaxshi maqola” tanlovini eʼlon qiladi

Tanlovning maqsadi Mazkur tanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad — 21-mart – «Navroʻz – yangilanish va ezgu qadriyatlar bayrami»ning madaniy, tarixiy va gʻoyaviy mazmun-mohiyatini keng yoritish, xalqimizning milliy anʼanalarini xalqaro maydonda targʻib qilish hamda Oʻzbekiston haqida xorijiy auditoriyaga moʻljallangan yuqori sifatli jurnalistik materiallar yaratishni ragʻbatlantirishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari

Tanlovda quyidagi toifadagi soha vakillari ishtirok etishi mumkin:

  • Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar;
  • Mustaqil jurnalistlar;
  • Publitsist va tahlilchilar.

Materiallarga qoʻyiladigan talablar

Tanlovga umumxalq bayramlarining quyidagi jihatlarini chuqur yorituvchi maqolalar qabul qilinadi:

  • Kelib chiqish tarixi;
  • Madaniy va maʼnaviy ahamiyati;
  • Milliy qadriyatlar tizimidagi beqiyos oʻrni;
  • Zamonaviy jamiyat hayotidagi ijtimoiy ahamiyati.

Baholash mezonlari

Taqdim etilgan ijodiy ishlar maxsus hakamlar hayʼati tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Mavzuning dolzarbligi va mantiqiy asoslangani;
  • Tahlilning chuqurligi;
  • Muallifning ijodiy yondashuvi;
  • Jurnalistik bayon uslubining professionalligi;
  • Materialning jamoatchilik va xalqaro auditoriya uchun ahamiyati.

Tanlov natijalari va ragʻbatlantirish

Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan maqolalar gʻolib deb topiladi. Gʻolib deb topilgan ijodiy ishlar nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari, jurnal va nashrlarda chop etish uchun tavsiya qilinadi.

Tashkiliy masalalar va muddatlar Maqolalar “Dunyo” axborot agentligiga faqat elektron shaklda taqdim etilishi lozim.

  • Materiallarni qabul qilishning soʻnggi muddati: 22-mart.
  • Tanlov natijalarini eʼlon qilish sanasi: 24-mart.

Tanlov yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar agentlikning rasmiy axborot resurslarida muntazam eʼlon qilib boriladi.

Default Avatar

Material muallifi

Shahzoda Kuchkarova

shahzoda@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish