O‘zbekiston–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi 100 million dollardan ortiq qiymatdagi loyihalarni amalga oshirdi
Iyul 29, 2026. 11:50 • 2 daq
• 7
BISHKEK, 29-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi to‘rt yillik faoliyati davomida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida umumiy qiymati 100 million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan 37 ta loyihani maʼqulladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qirg‘izistonning “Kabar” milliy axborot agentligi yozishicha, moliyalashtirilgan loyihalar qatoridan energetika, transport, ijtimoiy sohadagi tashabbuslar, tikuvchilik korxonalarini moliyalashtirish, O‘zbekistondan va boshqa mamlakatlardan Qirg‘izistonga texnika hamda butlovchi qismlar yetkazib berish o‘rin olgan.
“37 ta loyihadan 9 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Biz ularni to‘liq nihoyasiga yetkazdik: kompaniyalar bizga kreditning butun miqdorini to‘lab, o‘z loyihalarini amalga oshirdi”, – deya taʼkidladi O‘zbekiston–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi boshqaruvi raisi Aziz Aaliyev Bishkekda bo‘lib o‘tgan biznes-forumida.
Ayni paytda jamg‘arma umumiy qiymati qariyb 100 million dollarlik yana 11 ta yangi loyiha ustida ishlamoqda.
“O‘zbekiston–Qirg‘iziston jamg‘armasining vazifasi – ikki mamlakat biznesini birlashtirish, o‘zaro manfaatli eksport-import loyihalarini topish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat”, – dedi u.
Shu bilan birga, Almaz Aaliyev jamg‘arma milliy valyutalar hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
“Hozirgi vaqtda biz dollarda moliyalashtiryapmiz, biroq yaqinda milliy valyutada ham moliyalashtirish boshlanishiga rozilik oldik. Bu tadbirkorlarimiz uchun qulay imkoniyat. Chunki dollarda doim valyuta xatari mavjud”, – dedi Aziz Aaliyev. U, shuningdek, tashkilot islom tamoyillari asosida kreditlashni joriy etishga o‘tayotganini ham maʼlum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi