Antaliya shahrida O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Noyabr 11, 2026. 18:36 • 54 soniya
• 16
TOSHKЕNT, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqlim sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Sloveniyaga amalga oshirilgan tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tovar ayirboshlash hajmi o‘sgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Transport, shaharsozlik, muhim mineral resurslar va farmatsevtika sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish hamda madaniy va turistik almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar o‘zaro sheriklikni, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik doirasida yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi