Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Sentabr 10, 2026. 20:00 • 1 daq

106
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik hamkorlik masalalari muhokama qilindi

ASHXOBOD, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimiz elchisi Ravshanbek Alimov va vazir o‘rinbosari Myaxri Byashimova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi Turkmaniston–O‘zbekiston hamkorligining bugungi holati va rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Diplomatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan ko‘p yillik strategik sheriklik aloqalari yuqori samara berayotganini taʼkidladi.

Muzokaralar davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda Turkmaniston va O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro forumlarda ikki mamlakat vakillarining yuqori darajadagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni rivojlantirish va xalqaro maydonda, jumladan, BMT doirasidagi hamkorlikni izchil muvofiqlashtirib borishni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish