Janubiy Koreyada vatandoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Dekabr 03, 2025. 08:56 • 2 daq
• 283
SEUL, 4-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bosh qomusimiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Janubiy Koreyaning Tegu shahri Kyongsan shaharchasida vatandoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turnirda ushbu davlatda vaqtincha istiqomat qilayotgan va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan elchixona vakillari ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, vatandoshlarga mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan, respublikamizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida maʼlumot berdi.
Bundan tashqari, yig‘ilganlarga O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida maʼlumot berilib, har sohada yangilanib borayotgan yangi O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida qonun ustivorligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Musobaqa ishtirokchilari bu kabi sport tadbirlarini muntazam ravishda tashkil qilish xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun katta eʼtibor ekani, nafaqat ularning sog‘lom hayot tarzini taʼminlashdagi o‘rni, balki yurtdoshlarning bir-biri bilan yaqin muloqot o‘rnatishida ko‘prik vazifasini o‘tashini taʼkidladi.
Sport tadbiri yakunida sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi