Logo

Bokuda o‘tkazilgan Navro‘z mahalliy aholi va sayyohlarda katta taassurot qoldirdi

Mart 28, 2026. 12:30 • 54 soniya

175
Bokuda o‘tkazilgan Navro‘z mahalliy aholi va sayyohlarda katta taassurot qoldirdi

BOKU, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjon poytaxtidagi “Icherishahar” davlat tarixiy-meʼmoriy qo‘riqxonasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy festival bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Festivalda turkiy mamlakatlarning elchixonalari, xorijiy va mahalliy sayyohlar, Ozarbayjonda yashovchi o‘zbekistonliklar va mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.

Bayram tadbirida O‘zbekiston elchixonasi tomonidan o‘zbek milliy stendi tashkil etildi.

Tadbirda o‘zbek milliy taomlari – palov, non, bo‘g‘irsoq, qovurilgan ko‘k chuchvara, chak-chak va turli shirinliklar taqdim etildi. Shuningdek, xalq amaliy sanʼati – kulolchilik, o‘ymakorlik va kashtachilik mahsulotlari namoyish qilindi.

Tadbir davomida namoyish qilingan turkiy xalqlarning milliy liboslari va raqs sahnalari ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi. O‘zbekiston milliy pavilyoni ko‘plab ommaviy axborot vositalari, jumladan, “İctimai TV”, “Baku TV” va “Mədəniyyət TV” tomonidan keng yoritildi.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish