Chexiyadagi vatandoshlar Navro‘zni birga qarshi oldi
Mart 28, 2026. 14:30 • 53 soniya
• 238
BRNO, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Chexiyaning Brno shahrida Navro‘z bayrami keng nishonlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Chet elliklarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston elchixonasi vakillari va vatandoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida milliy taomlar, shirinliklar va anʼanaviy noz-neʼmatlar tayyorlandi. Vatandoshlar o‘zaro muloqot qilib, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va Navro‘zning ahamiyati haqida suhbatlashdi. Shu bilan birga, bayram haqida ingliz va chex tillarida taqdimotlar namoyish qilindi.
Madaniy dastur doirasida milliy raqslar, o‘yinlar tashkil etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlandi.
Navro‘z bayrami do‘stlik va birdamlik ruhida o‘tib, Chexiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi hamjihatlikni yana-da mustahkamladi.
Tadbir yakunida faol vatandosh – Gozzal Genjebayeva Brno shahridagi O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi rasmiy vakili etib tayinlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi