Dehlida O‘zbekiston va Hindiston TIV rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Avgust 04, 2026. 10:30 • 59 soniya

84
Dehlida O‘zbekiston va Hindiston TIV rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 4-avgust. /“Dunyo” AA/. Kecha Dehlida O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Subramanyam Jayshankarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Tor doiradagi muzokaralardan so‘ng delegatsiyalar ishtirokida Hindiston tashqi ishlar vaziri, janob Subramanyam Jaishankar bilan samimiy, ochiq va sermazmun muloqotni davom ettirdik, ­­– deb yozadi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Asosiy eʼtibor davlatlarimiz rahbarlari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi, ikki tomonlama hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarga qaratildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport va logistika sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlardagi hamkorlikni yana-da faollashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashdik.

Ishonchli va muntazam muloqot tashqi ishlar vazirliklarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish