“Ayritom” EIZda Tyumen savdo uyi ish boshladi

Avgust 04, 2026. 09:00 • 2 daq

54
“Ayritom” EIZda Tyumen savdo uyi ish boshladi
“Ayritom” EIZda Tyumen savdo uyi ish boshladi

TERMIZ, 4-avgust. /“Dunyo” AA/. Surxondaryo viloyatidagi “Ayritom” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) hududida Rossiyaning Tyumen viloyati Savdo uyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu loyiha O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida hududlararo hamkorlikni kengaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Savdo uyining ochilishi Surxondaryo va Tyumen viloyatlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, Afg‘oniston yo‘nalishidagi tranzit va savdo imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Joriy yil iyul oyida Tyumen viloyati delegatsiyasi Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida bo‘lib, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, viloyat hokimligi hamda “Ayritom” EIZ rahbariyati bilan muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazgan edi.

Yangi Savdo uyida Tyumen hududi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan keng turdagi sanoat mahsulotlari namoyish etiladi.

Hozirda “Ayritom” EIZ negizida Chelyabinsk viloyatining ham shunday savdo maydonchasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish