Din Syaosin: So‘nggi o‘n yilda O‘zbekiston qiyofasi tubdan o‘zgardi
Avgust 04, 2026. 08:10 • 2 daq
• 95
PEKIN, 4-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi Akademik kengashi bosh kotibi o‘rinbosari Din Syaosin O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston juda mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Yosh davlat sifatida o‘z suverenitetini doimiy ravishda mustahkamlab, taraqqiyotning yanada yuksak bosqichiga izchil intilib kelmoqda. Ayniqsa, so‘nggi o‘n yilda mamlakat qiyofasi tubdan o‘zgardi.
O‘zbekistonda ko‘p bor bo‘lganman. Har safarim davomida mamlakatning jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganiga guvoh bo‘ldim. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi singari muhim dasturiy hujjatlar ishlab chiqildi. Bu tashabbuslar, albatta, e’tirofga loyiq.
So‘nggi yillarda iqtisodiyot jadal o‘sishni namoyon etmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada, madaniy qurilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm yo‘nalishlarida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Ishonchim komilki, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida kelajakda yanada yuksak natijalarni qo‘lga kiritadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi