Dehlida O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Avgust 04, 2026. 09:30 • 2 daq

117
Dehlida O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 4-avgust. /“Dunyo” AA/. Kecha Dehlida Hindistonning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Tashrif doirasida Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi ishbilarmon doiralar o‘rtasida aloqalarni kengaytirish uchun muhim platforma bo‘ldi. Forumda energetika, infratuzilma, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, oziq-ovqat sanoati, transport-logistika, sog‘liqni saqlash hamda qishloq xo‘jaligi kabi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Jumladan, “Nayara Energy”, “NTPS”, “Olestra Greentech”, “Panasea Biotes”, “Multani Pharmaseutisals”, “Zipavorld Innovation” va boshqa yetakchi hind kompaniyalari vakillarining ishtirok etishi biznes aloqalarini mustahkamlash, yangi investitsiya loyihalarini ilgari surish va o‘zaro manfaatli sheriklikni yana-da kengaytirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Forum hamkor tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Hindiston Savdo va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (FISSI), Investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha milliy agentlik (Invest India) hamda mamlakatimizning Nyu-Dehlidagi elchixonasi ishtirok etdi.

Ushbu samarali forumni tashkil etishda qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkorlarimizga minnatdorlik bildiramiz”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish