Maskatda O‘mon ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
Iyul 01, 2026. 20:30 • 2 daq
• 12TOSHKENT, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. Kecha Maskatda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy imkoniyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda O‘mon Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi vakillari, 30 ga yaqin yetakchi kompaniya hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev, O‘mon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalifa al-Harisiy va mamlakatimizning Maskatdagi elchisi Abdusalom Xatamov so‘zga chiqdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning investitsiya va turizm salohiyati hamda mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar taqdimoti o‘tkazildi.
Davra suhbati doirasida O‘mon Savdo-sanoat palatasi Turizm qo‘mitasi raisi, “Siham Development and Investment” kompaniyasi rahbari Siham al-Harsiyga O‘zbekistonning O‘mondagi turizm elchisi sertifikati topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




