Uch oy ichida Ispaniyada 1 milliondan ortiq muhojir maqomini qonuniylashtirish uchun ariza topshirdi
Iyul 01, 2026. 21:00 • 2 daq
• 9
MADRID, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. Ispaniyada bir milliondan ortiq noqonuniy muhojir ommaviy legallashtirish davlat dasturi doirasida qonuniy maqom olish uchun ariza topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Euronews” telekanaliga tayanib.
Dastlab, dasturdan 500 000 ga yaqin odam, asosan Lotin Amerikasi davlatlaridan foydalanishlari kutilgan edi. Dastur joriy yilning aprel oyida boshlangan va 30-iyun kuni yakunlangan.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches poytaxtda murojaatlar soni migrantlarga huquqiy maqom va integratsiya imkoniyatlarini taqdim etish muhimligidan dalolat berishini aytdi.
U aholining qarishi va qishloq joylardagi demografik o‘zgarishlar fonida migrantlar mamlakat iqtisodiyoti, ijtimoiy taʼminot tizimi va pensiya tizimini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynashini taʼkidladi.
“Immigratsiya bo‘lmasa, 2050-yilga borib, Ispaniya yalpi ichki mahsuloti 19 foizga pastlaydi, – deydi Pedro Sanches. – Bu biznes nuqtai nazaridan nimani anglatadi? Masalan, 90 ming bar yopilishi, 50 ming boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilardan mahrum bo‘lishi va 220 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari yo‘q bo‘lib ketishini anglatadi”.
Shu bilan birga, ariza berish yashash va ishlash uchun ruxsat olishni kafolatlamaydi. Ariza beruvchilar sudlanmaganini tasdiqlashi va 1-yanvargacha mamlakatda kamida besh oy uzluksiz bo‘lganini isbotlashi kerak.
Ispaniya hukumati hujjatlarni uch oy ichida ko‘rib chiqishni va faqat mamlakat hududida amal qiladigan ishlash va yashash uchun ruxsatnomalar berish to‘g‘risida qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Taʼkidlash joizki, Bosh vazir Pedro Sanches migratsiya zaruriyatining qatʼiy va izchil himoyachisi edi. 2024-yil oktyabr oyida parlament oldida so‘zlagan nutqida u mamlakat o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish va ijtimoiy davlatni qo‘llab-quvvatlash uchun migratsiyaga muhtojligini taʼkidladi.
“Tarix davomida migratsiya millatlar rivojlanishining eng muhim omillaridan biri bo‘lib kelgan, nafrat va ksenofobiya esa millatlarning eng katta vayronkorlari bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda”, – degan edi o‘shanda u.
“Reuters” agentligi surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi