Logo

Qohirada o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik tadbiri o‘tkazildi

Mart 16, 2026. 09:12 • 2 daq

68
Qohirada o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik tadbiri o‘tkazildi

QOHIRA, 16-mart. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 14-mart kuni Qohira shahridagi Al-Azhar majmuasi huzuridagi Rivojlanish markazida Misrda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirning faxriy mehmoni sifatida Toshkent shahridan tashrif buyurgan “Siroj Solix” masjidi imomi Hasan Qodirov ishtirok etib, talabalarga ma’naviy-ma'rifiy mavzuda ma’ruza qildi.

O‘z chiqishida Hasan Qodirov xorijda tahsil olayotgan yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, milliy va diniy qadriyatlarga sodiqlik, shuningdek, ekstremizm va radikal g‘oyalarning xavfi haqida to‘xtalib o‘tdi. U haqiqiy islom ta’limoti mo‘’tadillik, ilm-ma’rifat va jamiyatga hurmat tamoyillariga asoslanishini ta’kidladi.

Shuningdek, talabalarga Vatan bilan uzviy aloqani saqlash, bilim olishga intilish va yurt obro‘sini munosib himoya qilish muhimligi qayd etildi.

Tadbir iliq va do‘stona muhitda o‘tib, Misrda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘rtasida birdamlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlashga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish