Logo

O‘zbekistonning elchixonasi Hindistonning Panjob shtatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan vatandosh ayolning jasadini vatanga qaytarishda yordam ko‘rsatdi

Mart 13, 2026. 14:00 • 2 daq

116
O‘zbekistonning elchixonasi Hindistonning Panjob shtatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan vatandosh ayolning jasadini vatanga qaytarishda yordam ko‘rsatdi

DEHLI, 13-mart. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 10-mart kuni Panjob shtatining Zirakpur shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida T.M. ismli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, hodisa shaxsiy transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan. Panjob shtatining vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida tegishli tergov-surishtiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston elchixonasi marhumaning qarindoshlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi hamda ularga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergov jarayoni nazoratga olingan.

Diplomatik vakolatxona T.M.ning yaqinlari va qarindoshlariga og‘ir judolik munosabati bilan hamdardlik bildirdi hamda marhumaning jasadini vatanga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Shu munosabat bilan, elchixona chet eldagi vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekanligini eslatib o‘tadi va Hindiston hududida murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga har tomonlama konsullik, huquqiy va boshqa yordamni tezkorlik bilan ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini tasdiqlaydi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi bilan bog‘lanish uchun maʼlumotlar:

manzil: EP40, Dr. S. Radhakrishnan Marg, Chanyakapuri, New Delhi, 110021

Konsullik bo‘limi telefoni: +91 94994 85962

ye-mail: info.uzbekemassy@gmail.com  

Telegram-bot: @consuluzbindia_bot

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish