Qozonda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

Noyabr 04, 2026. 17:00 • 2 daq

• 87
Qozonda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Qozonda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Qozonda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Qozonda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

QOZON, 4 noyabr. /“Dunyo” AA/. Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti qoshidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti markazida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “Til – dil kaliti, millat ko‘rki” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Qozon federal universitetining Filologiya hamda madaniyatlararo muloqot instituti ko‘magida, Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari delegatsiyasi ishtirokida tashkil etildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaz 2022-yilning dekabr oyida tashkil etilgan. U Tataristonda o‘zbek tili va madaniyatini ommalashtirish hamda rivojlantirish, O‘zbekistonning ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tadbir doirasida o‘zbek tilida she’rlar o‘qildi, o‘zbek tilining kelib chiqish tarixi, uning madaniyat va milliy qadriyatlarni asrab-avaylashdagi ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi. O‘zbek tili xalqning ma’naviy boyligi, mustaqillik va milliy birlik ramzi ekani e’tirof etildi.

Ishtirokchilar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarning yangi yo‘nalishini talabalar akademik almashinuvi shaklida rivojlantirish, talaba-yoshlarning milliy-madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish