Qoshg‘ardagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonning eksport va investitsiya salohiyati namoyish etildi

Avgust 25, 2026. 15:00 • 58 soniya

4

QOSHG‘AR, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida o‘tkazilgan XVI “Qoshg‘ar – Markaziy va Janubiy Osiyo” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ko‘rgazmada 44 mamlakat va hududdan 330 dan ziyod xorijiy hamda Xitoyning mingdan ortiq kompaniyasi ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Eksportchilar uyushmasi va yetakchi kompaniyalar vakillari o‘rin oldi.

Ko‘rgazmaning milliy pavilyonida O‘zbekistonning iqtisodiy va eksport salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari, shuningdek, to‘qimachilik, zargarlik, charm, qandolat va oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etildi.

Tadbir doirasida mahsulotlar eksportini kengaytirish, yangi hamkor va xaridorlarni jalb etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda transport-logistika va bojxona sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish