Xitoyning Guandun provinsiyasida O‘zbekistonga investitsiyalar jalb qilish va eksportni kengaytirishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Iyul 30, 2026. 09:00 • 2 daq

187

GUANCHJOU, 30-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik uyushmasi hamda tadbirkorlardan iborat delegatsiyaning xizmat safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Guanchjou va Foshan shaharlariga uyushtirilgan tashrif davomida delegatsiya aʼzolari “Xitoy–Osiyo sifatli mahsulotlari” iqtisodiy forumi hamda boshqa bir qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarga importyorlar topish maqsadida “EFOODLINE” va “Overseas Prominent Brand” kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi. Muloqot chog‘ida mahalliy korxonalarimiz mahsulotlarini onlayn va oflayn platformalarda keng namoyish etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Vakillarimiz Guanchjou xalqaro savdoni rag‘batlantirish qo‘mitasi prezidenti Chen Simin hamda shaharning ko‘plab yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashdi. Suhbat davomida yirik importyorlar uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli qandolat mahsulotlari, shirinliklar, yarim tayyor va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi tovarlari haqida maʼlumot berildi.

Tomonlar Samarqandda yuqori texnologiyali issiqxona majmuasini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Loyihani joyida tashkil etish va amaliy ishlarni boshlash maqsadida Xitoy kompaniyasi vakillarining joriy yil avgust oyida O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish