25-27-sentyabr kunlari Nukusda Tuz ishlab chiqaruvchilar forumi bo‘lib o‘tadi

Iyul 31, 2026. 11:30 • 59 soniya

15
25-27-sentyabr kunlari Nukusda Tuz ishlab chiqaruvchilar forumi bo‘lib o‘tadi

KIYEV, 31-iyul. /“Dunyo” AA/. 2026 yilning 25-27-sentyabr kunlari Nukus shahrida Tuz ishlab chiqaruvchilar forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Ukrainaning “Fixygen” va “Open4business” portallariga tayanib.

Tadbir tuz qazib olish va kimyo sanoatini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish hamda O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari bilan tanishish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Forum doirasida “Kungrad Salt Free Zone” maxsus sanoat zonasi salohiyatiga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu zonada xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlarga tuz qazib olish, uni chuqur qayta ishlash va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Tadbirda ishtirok etish uchun biznes vakillari, investorlar, sohaviy kompaniyalar, assotsiatsiyalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar taklif etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish