Kuvaytda O‘zbekistonning oziq-ovqat va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Oktabr 05, 2026. 08:10 • 2 daq

• 171

AL-KUVAYT, 5-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Kuvaytda O‘zbekistonning oziq-ovqat va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Elchixona va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rgazmada 20 ga yaqin korxona 100 dan ortiq turdagi mahsulotlarini namoyish etdi.

Kuvaytlik importyorlar va iste’molchilarga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, go‘sht va qandolat mahsulotlari, sharbat hamda mineral suvlar taqdim etildi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan B2B muzokaralarida «Amax Exim», «Karavan Chicken», «Agro-Food Partner» va «Chortoq Mineral Water» kompaniyalari Kuvaytlik hamkorlar bilan yangi shartnomalar yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.

Xususan, «Amax Exim» va Kuvaytning «Alhafed National» kompaniyasi o‘rtasida mamlakatimiz mahsulotlarining savdo uyini ochish bo‘yicha Memorandum imzolandi.

Shuningdek, transport-logistika masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, «Navoiy» xalqaro aeroporti, «Jazeera Airways» va «Air Arabia» aviakompaniyalari ishtirokida yuk tashish hajmini oshirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Yakunda mamlakatimiz mahsulotlarini Kuvayt bozoriga eksport qilishga qaratilgan umumiy qiymati 16 million dollarlik 6 ta hujjat imzolandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish