Qirg‘izistonda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Iyul 30, 2026. 14:46 • 45 soniya
• 19TOSHKENT, 30-iyul. /“Dunyo” AA/. Cho‘lponota shahridagi Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Qirg‘izistonda davlat tashrifb bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-birlariga tanishtirdilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


