Logo

Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi

Dekabr 14, 2025. 11:54 • 37 soniya

66
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi

LONDON, 14-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning “Hali Publishing” nashriyot kompaniyasi bosh muharriri Ben Evans bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Ben Evans tomonidan “Hali Publishing” nashriyotining keng imkoniyatlari, jumladan, nodir kitob va adabiyotlarni nashrga tayyorlash va bu jarayonda zamonaviy innovatsiyalarni qo‘llanishi haqida maʼlumot berildi.

Uning taʼkidlashicha, kompaniya o‘zbek milliy matolari va so‘zanalariga bag‘ishlangan kitobni nashr etish arafasida.

Suhbat yakunida kompaniya bilan O‘zbekistonning manfaatdor idora va tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarida kelishuvga erishildi.

“Hali Publishing” 1978-yilda tashkil topgan. U Britaniyada joylashgan nufuzli nashriyot kompaniyasi bo‘lib, asosan antik va zamonaviy qo‘l mehnati bilan tayyorlangan tarixiy va asori antiqalarga bag‘ishlangan nashrlarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish